FarDUda professor-o'qituvchilar, ishchi-xodimlar hamda talaba-yoshlar ishtirokida “O'zbekiston-2030” strategiyasini “Yoshlar va biznesni qo'llab-quvvatlash yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi to'g'risidagi O'zbekiston Respublikasi Prezidenti farmoni loyihasi muhokamasiga bag'ishlangan targ'ibot tadbiri o'tkazildi.
Mazkur tadbirning maqsadi - farmon loyihasi muhokamasida faol ishtirok etish, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlarga dahldor bo'lish va zarur takliflar ishlab chiqish vazifalariga qaratildi.
Shuningdek, “O‘zbekiston – 2030” strategiyasidan o'rin olgan oliy talim tizimiga oid maqsadlar yo'nalishi bo'yicha fikr-mulohazalar, takliflar tinglandi.
Tadbir davomida so'z olganlar xalqimiz uchun chinakam manodagi yo'riqnoma shakllanayotganligini qayd etdilar.