Mamlakatimizda so‘nggi yillarda barcha sohalar qatori oliy ta’lim tizimida amalga oshirilayotgan islohotlar, eng avvalo, zamon talablariga mos malakali kadrlarni tayyorlash, iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy sohaga raqobatbardosh mutaxassislarni yetkazib berishdir. Bu jihatdan oliy ta’limdagi bitiruvchi talabalar bandligini ta’minlash ham dolzarb masalalardan biri hisoblanadi. Shu munosabat bilan, Farg‘ona davlat universiteti Filologiya fakultetida oliy ta’lim muassasalari talabalari bandligini ta’minlash orqali ularning turmush darajasini yaxshilashga ko‘maklashish maqsadida “KARERA KUNI” tadbiri tashkil etildi. Tadbirda o‘quv ishlari bo‘yicha prorektor R.Shukurov, viloyat maktabgacha va maktab ta’limi viloyat boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari D.SH.Kasimova, E. Vohidov nomidagi ijod maktabi direktori N.Mannopova, “Poligraf servis” MCHJ rahbari M.Ahmedov, “Navro‘z hamkorgurup” qo‘shma korxona rahbari N.Rasulov, Farg‘ona ijodiy ishlab chiqarish xususiy korxona rahbari G.Turdiqulova, “Narmteks” mas`uliyati cheklangan jamiyati bosh menedjeri A.Mirzayev hamda viloyatdagi maktab direktorlari ishtirok etdilar.
Talabalar bandligini ta’minlash, ish o‘rinlarining yetarli ekani iqtisodiy taraqqiyot va ijtimoiy farovonlikni erishish yo‘lidagi muhim pog‘onadir.