Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 466
  • Ko`rib chiqilganlar 433
    • Takliflar 59
    • Arizalar 362
    • Shikoyatlar 45
  • Ko`rib chiqilmoqda 33

Giyohvandlikning oldini olish hamda OITSga qarshi kurash

16:51, 07.02.2024      

Giyohvandlik inson sog‘lig‘i va ruhiy holatining chuqur oʻzgarishiga sabab boʻladi va giyohvandni tanazzulga olib boradi. Yosh avlodni bu illat va uning salbiy oqibatlaridan himoya qilish maqsadida Farg‘ona davlat universiteti Filologiya fakultetida talabalar o‘rtasida “Giyohvandlikning oldini olish hamda OITSga qarshi kurash” mavzuida profilaktik tadbir o‘tkazildi. Unda profilaktika inspektori M.Kamolova, viloyat OITSga qarshi kurashish boshqarmasi mas’ul xodimi A.Husanovlar ishtirok etib, kun tartibidagi masala yuzasidan ma’ruza qildilar. Shuningdek, tadbirda giyohvandlikning oldini olishga qaratilgan maxsus videofilm namoyish etilib, OITS profilaktikasi bo‘yicha bukletlar tarqatildi.

Sog'lom turmush tarzini targ'ib qiluvchi bu kabi tadbirlarning tashkil etilishi jamiyatimizda yoshlar orasida sog‘lom muhitning yaralishi va jismonan barkamol insonlarning ko‘payishiga sabab bo‘ladi.