Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 502
  • Ko`rib chiqilganlar 468
    • Takliflar 61
    • Arizalar 392
    • Shikoyatlar 49
  • Ko`rib chiqilmoqda 34

O‘zbekiston Respublikasi badiiy akademiyasi raisi Akmal Nuriddinov FarDUda

15:05, 08.02.2024      


Bugun O‘zbekiston Badiiy Akademiyasi raisi Akmal Nuriddinov bilan San'atshunoslik fakultetida ijodiy uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Tashrif avvalida oliygoh rektori Bahodirjon Shermuhammadov ishtirokida Akmal Nuriddinov va FarDU o'rtasida hamkorlik, tenglik va o‘zaro manfaat tamoyillariga asoslangan memorandum imzolandi.

Tadbir doirasida fakultetning Tasviriy san’at va muhandislik grafikasi, Amaliy san’at (badiiy kulolchilik), Rangtasvir (dastgohli) ta'lim yo‘nalishlari talabalari bilan ijodiy uchrashuv o‘tkazildi. Bunda talabalar o'zlarini qiziqtirgan barcha savollarga javob oldilar.

Uchrashuvda fakultet talabalari ijrosida tashkillangan badiiy chiqishlar mehmonlar hamda ishtirokchilarda iliq taassurotlar qoldirdi.

Ayniqsa, FarDUda Akmal Nur ijodiga bag‘ishlangan muzeyning ochilishi san'atga oshufta yoshlar uchun chinakam bayramga aylandi.