Alisher Navoiy – so'z mulkining sultoni, buyuk arbob, mutafakkir, soʻz oshiqlari uchun ideal siymo. Bu mukarram zotga qancha yaqin borsak, uning viqoru haybatini, ulugʻvorligini shuncha teran anglaymiz, shoir ijodi qancha koʻp tadqiq etilsa, anglaganlarimiz shuncha kamligi tobora koʻproq sezila boradi.
Bugun Farg‘ona davlat universitetida Alisher Navoiy tavalludining 583 yilligi munosabati bilan turli adabiy tadbirlar tashkil etilmoqda.
Filologiya fakultetida "NAVOIYNI ANGLAMOQ - OʻZLIKNI ANGLAMOQ" mavzusida ilmiy - nazariy, adabiiy - badiiy anjuman bo‘lib o‘tdi.
Anjumanni kirish so'zi bilan ochib bergan oliygoh rahbari Bahodirjon Shermuhammadov o'z nutqida Navoiyning o'zlikni anglash, mafkura, tarbiya va ilm, odamiylik xususidagi qarashlarini ilgari surdi.
Anjumanda professor-o'qituvchilar, navoiyshunos olimlar, ilmiy tadqiqotchilar, talaba-yoshlar, shuningdek, hamkor tashkilotlar rahbarlari, OAV vakillari ishtirok etdilar.
Shuningdek, oliygohning Axborot-resurs markazida “G‘azal mulkining sultoni” nomli adabiy-badiiy kecha o‘tkazildi.
Tadbirda universitetning o‘quv ishlari bo‘yicha prorektori R.Shukurov, Filologiya fakulteti professori, navoiyshunos olima - N.Umarova, San’atshunoslik fakulteti professor-o‘qituvchilari qatnashdilar.