Bugun buyuk shoir va mutafakkir, atoqli davlat va jamoat arbobi Alisher Navoiy tavalludining 583 yilligi munosabati bilan Farg‘ona shahridagi Alisher Navoiy haykali poyiga gul qo‘yish marosimi bo‘lib o‘tdi. Unda viloyat hokimligi, davlat va jamoat tashkilotlari rahbarlari, shuningdek, Farg'ona davlat universiteti jamoasi ham ishtirok etdi.
Viloyat hokimi o‘rinbosari Fayzullo Qosimov ulug‘ allomaga ehtirom millatga ehtirom ekanligini taʼkidladi.
Yozuvchi, shoir va ijodkor o‘quvchilar tomonidan Navoiy qalamiga mansub go‘zal baytlar o‘qib eshittirildi. Navoiy g‘azallariga bastalangan kuy-qo‘shiqlar ijro etildi.
Yakunda Alisher Navoiy haykali poyiga gullar qo‘yilib, ehtirom ko‘rsatildi.