Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 466
  • Ko`rib chiqilganlar 433
    • Takliflar 59
    • Arizalar 362
    • Shikoyatlar 45
  • Ko`rib chiqilmoqda 33

FarDUda kengash yig'ilishi

15:58, 12.02.2024      

Bugun Farg‘ona davlat universiteti kengashining navbatdan tashqari kengaytirilgan yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilish joriy yilning 5- fevral kuni muhtaram Prezidentimiz tomonidan o‘tkazilgan videoselektorda kun tartibida bo'lgan masalalar tahliliga bag'ishlandi.

Tanqidiy va tahliliy shaklda bo'lib o'tgan yig‘ilish kun tartibidan mazkur videoselektorda belgilangan vazifalar ijrosiga qaratilgan chora – tadbirlar rejasi, xalqaro top 300 lik reytinglardan o'rin egallash bo'yicha olib borilayotgan faoliyat, raqamlashtirish tizimi, ilmiy ishlarni ishlab chiqarishga tatbiq etish, adabiyotlar ta'minoti va tarjima masalalari o‘rin oldi.

Shuningdek, talabalarni bakalavr davridan ishlab chiqarishga yo'naltirish, ota - onalar kengashi faoliyatini rivojlantirish, ijarada yashovchi talabalar bilan doimiy muloqotda bo'lish, sog'lom sport tarzini targ'ib qilish, ommaviy sportni yo'lga qo'yish, ziyoli qatlamning mahallalar bilan aloqasini mustahkamlash kabi masalalar muhokama qilindi.