Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 344
  • Ko`rib chiqilganlar 307
    • Takliflar 50
    • Arizalar 259
    • Shikoyatlar 35
  • Ko`rib chiqilmoqda 37

Sport – sog‘lik garovi: FarDUda tonggi badantarbiya

15:00, 13.02.2024      


Prezidentimiz Shavkat Miromonovich rahbarligida 5- fevral kuni bo‘lib o‘tgan videoselektor yig‘ilishida sportni ommalashtirish bo‘yicha tizim to‘liq va yuqori samara bilan ishlashi zarurligi, mahallalarni futbol, voleybol, basketbol, badminton, stol tennisi kabi sportning 12ta ommaviy turidan biriga ixtisoslashtirish, har oyda mahallalarda ommaviy sport tadbirlarini tashkil qilish muhimligi ta’kidlandi. Davlatimiz rahbari ommaviy sport bilan faqatgina 31% yoshlar qamrab olinganini alohida aytib o‘tdi.Shu munosabat bilan Fargona davlat universiteti xodimlari va talabalar orasida sportni ommalashtirish va sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish maqsadida ommaviy sport mashg‘ulotlari tashkil etilmoqda. Jumladan universitet rahbari Bahodirjon Shermuhammadov boshchiligida tonggi badantarbiya mashg‘ulotlari o‘tkazib kelinmoqda. Sport bilan shug‘illanish inson immun tizimini mustahkamlash, yurak, qon-tomir, asab hastaliklarning oldini olishda katta ahamiyatga egadir.