Zahiriddin Muhammad Bobur 1483 yil 14 fevralda tavallud topgan.
U Markaziy Osiyoda turli hokimlar, aka-ukalar oʻrtasida hokimiyat ulugʻ bobolari Amir Temur tuzgan yirik davlatga egalik qilish uchun kurash nihoyatda keskinlashgan davrda dunyoga keldi.
12 yoshida otasi oʻrniga Fargʻona ulusining hokimi etib koʻtarilgan Bobur qalamni qilichga almashtirib, Andijon taxti uchun kurashishga majbur boʻldi.
U keng dunyoqarashi va mukammal aql-zakovati bilan Hindistonda Boburiylar sulolasiga asos soldi.
Farg‘ona davlat universitetining fakultetlarida Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 541 yilligi munosib nishonlanmoqda. Shu munosabati bilan Tarix fakulteti talaba-yigitlari o'rtasida "Bobur-avlodlar ardog'ida" mavzusida insholar tanlovi bo'lib o'tdi.
San'atshunoslik fakultetida ham buyuk shoh va shoir Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 541 yilligi munosabati bilan "Shoh va shoir" mavzusida ma'naviy tadbir tashkil etildi.
Chet tillari fakulteti tomonidan "Bobur kabi seving Vatanni" nomli ma'naviy-ma'rifiy tadbir o'tkazildi.
Pedagogika va psixologiya fakulteti, maxsus pedagogika yo'nalishi talabalari ishtirokida buyuk shoh va shoir,davlat va jamoat arbobi Zaxiriddin Muhammad Bobur hayoti va ijodiga bag‘ishlangan davra suhbati o'tkazildi.Talabalar buyuk allomaning ruboiy va gazallaridan aytib berdilar.
Oliygohda bu mavzudagi tadbirlar davom etmoqda.