Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 466
  • Ko`rib chiqilganlar 433
    • Takliflar 59
    • Arizalar 362
    • Shikoyatlar 45
  • Ko`rib chiqilmoqda 33

FarDUga Loyang arxeologik tadqiqotlar instituti olimlari va mutaxassislari tashrif buyurdi

13:34, 17.02.2024      



Delegatsiyani samimiy qarshi olgan oliygoh rahbari Bahodirjon Shermuhammadov suhbat chog'ida Xitoy Xalq Respublikasi va FarDUning hamkorlik aloqalari yangi bosqichga ko'tarilayotganini alohida e'tirof etdi.

Muloqot jarayonida quyidagilar kelishib olindi: o'zaro hamkorlikda 15 mart sanasiga qadar Shahriston hududida Xitoyning mashhur "tan chan" uslubi asosida arxeologik tadqiqot ishlari boshlanadi.Bunda Jahon tarixi kafedrasi olimlari hamda arxeologiya ta'lim yo'nalishi talabalari va magistrlari ishtirok etadi.

Topilmalarni restavratsiya qilish bo'yicha alohida master-klasslar o'tkaziladi.

2024-yil may oyidan katta masshtabli qazuv arxeologik tadqiqot ishlariga o'tiladi.

Tadqiqot ishlari Loyang tadqiqotlar instituti, Xitoy fanlar akademiyasi paleontologiya va paleoantropologiya instituti va Shimoliy-G'arbiy universitet o'rtasida tuzilgan shartnomalarga asoslanadi.