Yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyashda jadidlar hayoti yorqin namunadir. Ular faoliyatini o‘rganish, qatag‘on yillaridagi nohaq ayblovlarni chuqur anglash bugungi kunda davlat siyosati darajasiga ko‘tarildi. Oliy ta’limlar qoshida "Qatag'on qurbonlari" xotirasi davlat muzеyining tashkil etilishi buyuk bobolarimizga chuqur hurmat va ehtirom belgisidir. Kuni kecha Farg ‘ona davlat universiteti qoshidagi "Qatag'on qurbonlari" xotirasi davlat muzеyi dirеktori, tarix fanlari doktori, profеssor Xasanov Baxtiyor Vaxobovich bilan Rеspublika Ichki Ishlar Vazirligi xodimlari o‘rtasida uchrashuv tashkil etildi. Uchrashuv davomida Farg'ona viloyat IIBdan qatag'on bo'lgan ichki ishlar xodimlarini aniqlash va nomlarini abadiylashtirish borasida FarDU tuzilmasidagi "Qatag'on qurbonlari xotirasi" muzеyi hamda Farg'ona viloyat IIB bilan ham ikki tomonlama memorandum imzolandi.