Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 344
  • Ko`rib chiqilganlar 307
    • Takliflar 50
    • Arizalar 259
    • Shikoyatlar 35
  • Ko`rib chiqilmoqda 37

Xalqaro hamkorlik

13:19, 22.02.2024      


Farg‘ona davlat universiteti ilmiy tadqiqotlar, innovatsiyalar bo‘limi boshlig‘i M.Onarqulov boshchiligida matematika-informatika fakultetidagi kafedra mudirlari va professor o‘qituvchilaridan iborat jamoa joriy yilning 19 fevral kuni Qozog‘iston Respublikasi akademik Ye.A.Buketov nomidagi Karaganda davlat universitetiga (Buketov.edu.kz) tashrif buyurishdi. Ularni qabul qilgan universitet professor-o‘qituvchilari va universitet rektori, akademik Dulatbekov Nurlan Orinbasarovich bilan ikki universitet hamkorligida olib borilgan ilmiy va akademik aloqalar va navbatdagi hamkorlik faoliyati xususida suhbat tashkil etildi.Xizmat safari davomida KarGU va FarDU universitetlaridagi matematika-informatika fakultetining kafedralari o‘rtasida hamkorlik, ilmiy tadqiqot va akadem mobillik doirasida olib boriladigan ishlar xususida kelishib olindi. Uchrashuv so‘nggida Farg‘ona davlat universiteti rektori, professor B.Sh.Shermuhammadovning esdalik sovg‘alari Karaganda davlat universiteti rektori N.O.Dulatbekovga topshirildi.