Ayni paytda Farg'ona davlat universitetida iqtisodiyot fanlari doktori,professor -Ahmadali G'ofurov tavalludining qutlug' 100 yilligi munosabati bilan "Ilm-fan taraqqiyotida mintaqaviy iqtisodiyotni rivojlantirish va kambag'allikni qisqartirish" mavzusidagi respublika ilmiy-anjumani bo'lib o'tmoqda.
Shu munosabat bilan universitet rektori Bahodirjon Shermuhammadov otaxon professorga o'z samimiy tilaklari va oliygoh jamoasining tabriklarini izhor etdi.
Uzoq yillardan buyon universitetda mehnat qilib, mamlakatimizga salohiyatli iqtisodchi kadrlarni yetishtirib berayotgan Ahmadali G'ofurov - O'zbekiston iqtisodiyotida yetakchi olim hisoblanadi. Bugun bu nuroniyning minglab shogirdlari buxgalteriya, marketing, audit, bank ishi, statistika, mexmonxona boshqaruvi kabi muhim sohalarda samarali faoliyat yuritmoqda.