Ota-onalar bilan oliy ta’lim hamkorligining muntazam olib borilishi talabalar hulq- atvori, ta’lim-tarbiyasida muhim ahamiyatga egadir. Shu maqsadda Farg‘ona davlat universitetining barcha fakultetlarida ota – onalar yig‘ilishi muntazam o‘tkazilib borilmoqda. Jumladan, kuni kecha Chet tillari fakultetida 3-4-bosqich talabalarining ota-onalari uchun yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilish davomida oliygohning ichki tartib-qoidalari, odob-axloq kodeksi, ta’limning kredit-modul tizimi, kiyinish madaniyati kabi zarur masalalar haqida so'z bordi hamda ota-onalarning fikrlari tinglandi.
Shuningdek, ijara va talabalar turar joyida istiqomat qiluvchi talabalarning yashash joylaridagi holatlar, yoshlar o’rtasida sodir etilyotgan jinoyatchilik va huquqbuzarlikni oldini olish, is gazidan zaharlanish, kiberjinoyatlar va odam savdosiga qarshi tadbirlar haqida tushunchalar berildi.
Yakunda, tashkiliy va o'quv jarayonida eng faol va ilg'or boʻlgan talabalarning ota-onalari fakultet rahbariyati tomonidan tashakkurnoma bilan taqdirlandi.
Ingliz tili va adabiyoti, Jismoniy madaniyat, Pedagogika va psixologiya fakultetlarida ”Ota-onalar forumi” tashkil etildi. Forum doirasida talabalarning o'zlashtirish sifat ko'rsatkichlari, kredit-modul tizimi hamda Hemis haqida axborot berib o'tildi. Unda fakultet rahbariyati, professor-o’qituvchilar ishtirok etdilar. Forumda tashkiliy va o'quv jarayonida eng faol va ilg'or boʻlgan talabalarning ota-onalari fakultet rahbariyati tomonidan tashakkurnoma bilan taqdirlandi.
Shuningdek, forumda oliygohning ichki tartib-qoidalari, odob-axloq kodeksi, ta’limning kredit-modul tizimi, kiyinish madaniyati kabi zarur masalalar haqida so'z bordi.