Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 344
  • Ko`rib chiqilganlar 307
    • Takliflar 50
    • Arizalar 259
    • Shikoyatlar 35
  • Ko`rib chiqilmoqda 37

UDPU professori Lyudmila Voronina – FarDUda

21:41, 28.02.2024      

Ma'lumki, FarDUning Pedagogika va psixologiya fakulteti boshlang‘ich ta’lim uslubiyoti kafedrasi 2018-yildan buyon Ural davlat pedagogika universiteti bilan hamkorlik aloqalarini samarali davom ettirmoqda.

Hamkorlik doirasida universitetga Ural davlat pedagogika universiteti professori, pedagogika fanlari doktori Voronina Lyudmila Valentinovna tashrif buyurdi.

Ayni kunlarda professor L.Voronina boshlang‘ich ta’lim yo‘nalishi, 4-bosqich talabalariga “Pedagogik mahorat” fanidan ma’ruza, amaliy mashg‘ulotlarini olib bormoqda. Ushbu innovatsion, zamonaviy darslar talabalarda katta qiziqish uyg‘otmoqda.

Yana bir yangilik shundaki, professor L.Voronina ishtirokida 2024-yil 1-mart kuni boshlang‘ich ta’lim uslubiyoti kafedrasi tomonidan “Hamkorlikda ilmiy tadqiqot ishlarini tashkillash va yo‘lga qo‘yish” mavzusida seminar tashkillanmoqda.

Mazkur seminarga mustaqil uzlanuvchilar, magistrantlar hamda doktorantlar taklif qilinadi.