Bugun Fargona davlat universiteti kengashining 2024 yil 29- fevraldagi 7 – yigilishi bo‘lib o‘tdi. Kengash avvalida oliygoh rektori Bahodirjon Shermuhammadov ilmiy yutuqlarga erishgan bir guruh professor-o'qituvchilarni munosib taqdirladi. Sport sohasida o’z mahoratini ko’rsatgan va musobaqalarda universitet sha’nini himoya qilib, yuqori marralarni egallagan talaba-yoshlarga mukofotlar topshirildi.Fan, ta’lim, san’at va madaniyat yo’nalishida yuksak natijalarni qo’lga kiritayotgan ustozlar va talabalar muvaffaqiyatlari e’tirof etildi. Shundan so‘ng kengash o‘zining asosiy kun tartibidagi masalalar muhokamasiga o‘tdi. Kengash kun tartibidan:
- Universitet kengashi tarkibiga o‘zgartirish kiritish, yo‘riqnoma hujjatlar hamda vazirlik Hay’at Kengashi yig‘ilishida belgilangan vazifalar ijrosi,
-o‘quv jarayonlarini mehnat bozori va texnologik yangilanishlar asosida tashkillash, ta’lim va ishlab chiqarish integratsiyasini ta’minlashdagi asosiy vazifalar,
-universitetni nufuzli QS reyting tizimiga kiritish, xorijiy investitsiyalarni jalb qilish va xalqaro hamkorlikning yangi yo‘nalishlarida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ustuvor yo’nalishlar,
-ilmiy tadqiqotlar natijalarining amaliyotga tadbiq etilishini ta’minlash choralari,
-talaba-yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ommaviy sportga keng jalb qilish va ijtimoiy himoya ishlarining samaradorligini oshirish tadbirlari va shu bilan birga turli tashkiliy masalalar o‘rin egalladi.