Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 344
  • Ko`rib chiqilganlar 307
    • Takliflar 50
    • Arizalar 259
    • Shikoyatlar 35
  • Ko`rib chiqilmoqda 37

Zulfiya Isroilova 109 yoshda!

22:54, 04.03.2024      


Zulfiya Isroilova - jurnalist, tarjimon, jamoat arbobi hamda Oʻzbekiston xalq shoirasi va Mehnat Qahramoni. 1-mart - atoqli va ardoqli shoiraning tavallud kuni munosabati bilan Farg‘ona davlat universitetida tadbirlar haftaligi bo‘lib o‘tmoqda. Jumladan, Filologiya, Iqtisodiyot hamda Chet tillari fakultetlari talabalari tomonidan Zulfiyaxonim Isroilovaning 109 -yoshligining munosabati bilan badiiy kechalar, maʼnaviy tadbirlar tashkillandi. Tadbirlar davomida shoiraning hayoti hamda sheʼriyatidagi go'zal jihatlarning uygʻunligi haqida koʻplab namoyishlar ijro etildi. Ishtirokchilar Zulfiyaxonim Isroilovaning she'rlaridagi takrorlanmas nafislik, hayotga bo‘lgan cheksiz muhabbatni e’tirof etdilar. Iqtidorli talabalar tomonidan kuy, qoʻshiqlar, she'rlar shu bilan bir qatorda Zulfiyaxonim hayotidan olingan sahna koʻrinishlari namoyish etildi. Tadbirlar oliygoh bo‘ylab davom etmoqda.