Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 344
  • Ko`rib chiqilganlar 307
    • Takliflar 50
    • Arizalar 259
    • Shikoyatlar 35
  • Ko`rib chiqilmoqda 37

FarDUda xalqaro xotin-qizlar kuni

23:33, 06.03.2024      


Butun dunyoda ayollarni e’zozlash, jamiyatning asosiy tayanchi, tabiatning nozik hilqati sanalgan go‘zal xotin-qizlarga ko‘rsatiladigan buyuk ehtiromning ifodasi sifatida 8 mart bayrami keng nishonlanib kelinadi. Shu munosabat bilan kuni kecha Farg‘ona shahridagi “Afrosiyob” tantanalar saroyida Farg‘ona davlar universitetida faoliyat yuritayotgan xotin-qizlarga bag‘ishlangan bayram tadbiri tashkil etildi. Tantanali tadbirni universitet rektori Bahodirjon Shermuhammadov o'z tabrik so'zi bilan ochib berar ekan, jamoadagi barcha xotin-qizlar: olimalar, ishchi-xodimalarni go'zallik va nafosat ayyomi bilan samimiy muborakbod etdi. Bayramda FarDUning faol ayol-qizlari eʼtirof etildi. Shuningdek, oliygohda samarali faoliyat yuritayotgan bir guruh xotin-qizlar, olimalar hamda xodimalar esdalik sovgʻalari bilan taqdirlandilar. Ayollarga hurmat ko‘rsatiladigan jamiyatning kelajagi buyuk bo‘lishi barchaga ma’lum. Chunki, kelajak egalari bo‘lgan yosh avlodni ona dunyoga keltiradi va tarbiyalaydi.