FarDUda 8-MART - XALQARO XOTIN-QIZLAR KUNIga bag'ishlangan bayram tadbirlari davom etmoqda. Bugungi tadbirda oliygohning xo'jalik bo'limi xodimalari, faxriylar hurmat va ehtirom bilan kutib olindi, ularning fidokorona mehnatlari e'tirof etildi. Tadbirda ishtirok etayotgan universitet rektori xotin-qizlarimizning jamiyatdagi yuksak o'rni xususida gapirar ekan, ular ta'lim dargohining fayzi va chiroyi ekanligini ta'kidladi. Shuningdek, mehnatkashligi bilan jamoada hurmat qozongan bir guruh xodimalar bayram sovg'alari bilan taqdirlandilar. Bayram tantanalari tabriklar va go'zal taronalar bilan davom etdi.