Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 344
  • Ko`rib chiqilganlar 307
    • Takliflar 50
    • Arizalar 259
    • Shikoyatlar 35
  • Ko`rib chiqilmoqda 37

FarDUda kengash yig‘ilishi

11:38, 11.03.2024      

Bugun Farg'ona davlat universiteti Kengashining navbatdan tashqari yig'ilishi bo'lib o'tdi.

Bayramona va ko'tarinki ruhda boshlangan ushbu anjumanda Muhtaram Prezidentimiz tomonidan "Mehnat shuhrati" ordeni bilan mukofotlangan FarDU professori - Turg'unoy Egamberdiyeva oliygoh rektori Bahodirjon Shermuhammadov boshchiligidagi jamoa ishtirokida muborakbod etildi hamda ustozga tabrik sovg'alari tantanali ravishda topshirildi.

Taqdirlash marosimida so'z olgan universitet rahbari ustoz Turg'unoy Egamberdiyeva jamoaning faxri va bo'lgusi olimalar, universitet talaba-yoshlari uchun haqiqiy ibrat maktabi ekanligi ta'kidladi.

"Ushbu e'tirof, ushbu faxr va iftixor mеni Farg'ona davlat univеrsitеti rivoji uchun, ilm-fan taraqqiyoti uchun, oilamga aylangan jamoa uchun yanada shijoat bilan ishlashga da'vat etdi", deydi ustoz Turg'unoy Egamberdiyeva.