Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 344
  • Ko`rib chiqilganlar 307
    • Takliflar 50
    • Arizalar 259
    • Shikoyatlar 35
  • Ko`rib chiqilmoqda 37

Yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash – bosh maqsadimiz

07:00, 16.03.2024      

Ma'lumki, 2023-yilning 23-dekabrda muhtaram Prezidentimiz raisligida ma’naviy-ma’rifiy ishlar tizimini tubdan takomillashtirish, bu borada davlat va jamoat tashkilotlarining hamkorligini kuchaytirish masalalariga bag‘ishlab o‘tkazilgan videoselektorda ma'naviy-ma'rifiy yo'nalishda muhim vazifalar belgilab olingan edi. Xususan, bugungi kunda oliy ta'lim muassasalarida ushbu topshiriqlar ijrosiga yangicha yondashuvlar asosida kirishilgani ijobiy natija bermoqda.

Jumladan, mazkur sohadagi ishlarni samarli yo'lga qo'yish maqsadida Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan joriy yilning 16-mart kuni Farg'ona davlat universitetida oliy ta'lim muassasalari rektorlari uchun "Yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash - bosh maqsadimiz" hamda Farg'ona politexnika institutida "O'zbekistonda ilg'or muhandislik maktablari: konsepsiya va istiqbollari" mavzularida o'quv-seminari tashkil etilmoqda. Shu munosabat bilan rektor Bahodirjon Shermuhammadov raisligida FarDUda o'tkazilgan yig'ilishda seminar mazmun-mohiyati, tashkiliy jihatlari, ishtirokchilar uchun ahamiyati batafsil yoritib berildi. Shuningdek, oliygoh yoshlari ma'naviyati, talabalarda vatanparvarlik hissini oshirish masalalari ham jamoa e'tibor markazida bo'ldi.