Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 344
  • Ko`rib chiqilganlar 307
    • Takliflar 50
    • Arizalar 259
    • Shikoyatlar 35
  • Ko`rib chiqilmoqda 37

“Yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash – bosh maqsadimiz”

18:45, 16.03.2024      

Farg'ona davlat universitetida oliy ta'lim muassasalari rektorlari uchun "Yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash - bosh maqsadimiz" mavzusidagi seminar boshlandi.

Seminar avvalida Farg‘ona davlat universiteti Pedagogika va psixologiya fakulteti yangi o‘quv binosining ochilish marosimi o‘tkazildi. Unda Farg‘ona viloyati hokimi, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri, respublikaning barcha davlat oliy ta’lim muassasalari rahbarlari, ilm ahli hamda jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.

Tadbir talabalarning davlatimiz madhiyasini ijro etilishi bilan boshlandi. So‘ng marosim doirasida ilm ahli ezgu maqsadlar ramzi sifatida yangi makonga daraxt ko‘chatlarini ekdilar. Bugun FarDU bag‘riga qadalgan bu yosh nihollar –ertaga oliygohdan minglab yetuk olimlar yetishib chiqishiga ramziy ishora ekanligi ta’kidlandi.

Mehmonlar bu maskanda talabalarga yaratilgan qulay shart-sharoitlar, ma’naviyat saroyi, zamonaviy auditoriyalar, anjumanlar zallari, o‘quv xonalari, ilmiy kafedralar, media markaz, kutubxona, ovqatlanish, dam olish, axborot-resurslari maskanlari bilan yaqindan tanishdilar.

Dunyo standartlariga mos ravishda qurilgan, zamonaviy texnologiyalar bilan jihozlangan mazkur o‘quv bino dizayniga innovatsion yondashilgani har bir detalda o‘z aksini topgan va bu yig‘ilganlar e’tirofiga sazovor bo‘ldi.