Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 344
  • Ko`rib chiqilganlar 307
    • Takliflar 50
    • Arizalar 259
    • Shikoyatlar 35
  • Ko`rib chiqilmoqda 37

FARG'ONADA OLIY TAʼLIM MUASSASALARI REKTORLARI ISHTIROKIDA KATTA TADBIR

18:54, 16.03.2024      

FarDUda bugun tashkil etilganseminarga mezbonlik qilayotgan Farg‘ona davlat universiteti o’zining salkam bir asrlik mahorati bilan yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash va ma’naviy-ma’rifiy faoliyatda katta tajriba maktabini yaratgan.

Buning samarasi - oliygohdan yetishib chiqayotgan respublika va xalqaro tanlovlar g’oliblari, ko‘plab davlat stipendiyatlari sohiblari, champion talabalar g’alabalari, davlat va jamiyat boshqaruvida munosib o’ringa ega kadrlar, ilmiy tadqiqotlar yaratayotgan yoshlar natijalarida aks etmoqda.

Seminar avvalida universitet Pedogogika va psixologiya fakulteti joylashgan yangi o‘quv binosining ochilish marosimi barcha uchun bayramga aylanib ketdi.

Mehmonlar bu maskanda talabalarga yaratilgan qulay shart-sharoitlar, ma’naviyat saroyi, zamonaviy auditoriyalar, anjumanlar zallari, o’quv xonalari, ilmiy kafedralar, media markaz, kutubxona, ovqatlanish, dam olish, axborot-resurslari maskanlari bilan yaqindan tanishdilar.

Dunyo standartlariga mos ravishda qurilgan, zamonaviy texnologiyalar bilan jihozlangan mazkur o‘quv bino dizayniga innovatsion yondashilgani har bir detalda o‘z aksini topgan va bu ishtirokchilar e’tirofiga sazovor bo‘ldi.

Shu bilan birga binoda milliy qadriyatlarimiz uyg’unligi, millat qahramonlari, adabiyot namoyondalari, jadidchilik harakati yetakchilari siymosi aks etganligi- talaba-yoshlar qalbida vatanparvarlik, yurtga sadoqat, fidoiylik, jasorat, Vatanga muhabbat, ajdodlarga ehtirom tuyg‘ularini yanada oshiradi.