Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 344
  • Ko`rib chiqilganlar 307
    • Takliflar 50
    • Arizalar 259
    • Shikoyatlar 35
  • Ko`rib chiqilmoqda 37

Hashar

17:55, 18.03.2024      


Shahrimizda “Obod va fayzli mahalla – yurt ko‘rki” shiori ostida bo‘lib o’tayotgan umumxalq xayriya hasharida Farg'ona davlat universiteti Ma'naviyat va ma'rifat bo'limi hamda Ilmiy bo'lim xodimlari ham faol ishtirok etishmoqda. Hashar xalqimizning azaliy qadriyatlaridan biridir. Uning zamirida obodlik, hamjihatlik, mehr-oqibat, xayr-sahovat, bunyodkorlik mujassam.

Erta tongdan oliygohning barcha fakultetlarida umumxalq hashari uyushqoqlik bilan tashkil etildi. Unda Iqtisodiyot, Fizika-texnikafakultetlari jamoasi faol ishtirok etib, fakultet hududiga mevaliva manzarali daraxt ko'chatlari ekildi. San'atshunoslik fakultetida umumxalq hashari doirasida fakultet binosi hududida obodonlashtirish ishlari olib borildi. Shuningdek, Chet tillari hamda Ingliz tili va adabiyoti fakultetlari joylashgan 9-sonli o'quv binosida ham hashar tashkil etildi. Yana Tarix fakulteti binosi hududida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan olib borilganligini ko‘rish mumkin. FarDU Sirtqi bo‘limida ham umumxalq xayriya hashari qizg‘in o‘tkazilmoqda.