Shvetsariya fuqarosi bo’lgan Daniel Algover, hozirgi kunda Fransiya davlatida istiqomat qilib, “Kollej de Frans” qoshidagi ilmiy-tadqiqot markazi ilmiy xodimi hisoblanadi.
Ayni kunlarda Daniel Algover Tarix fakulteti, Jahon tarixi kafedrasi taklifiga asosan, Farg’ona davlat universitetiga tashrif buyurib, bu yerda fakultet talabalariga hamda professor-o’qituvchilariga seminar-trening darslarini olib bormoqda.