Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 344
  • Ko`rib chiqilganlar 307
    • Takliflar 50
    • Arizalar 259
    • Shikoyatlar 35
  • Ko`rib chiqilmoqda 37

FARG’ONA DAVLAT UNIVERSITETIDA “SALOMATLIK OYLIGI”GA START BERILDI!

11:27, 06.04.2024      


Ma’lumki, talaba-yoshlar o‘rtasida sog’lom turmush tarzini ommalashtirish, jamoada sog’lom muhitni keng targ’ib etish maqsadida, joriy aprel oyligi- oliygoh miqyosida “Salomatlik oyligi” deb e’lon qilingan.

Bugun erta tongda mazkur oylikning ochilish marosimida universitet hududidan start olgan yurish marofoni-oliygoh rektori Bahodirjon Shermuhammadov boshchiligidagi professor-o'qituvchilar va talaba-yoshlar ishtirokida Sport-sog‘lomlashtirish majmuasi sari yo’naldi.

Vatanparvarlik tuyg’ularini tarannum etguvchi musiqa sadolari ostida Sport-sog‘lomlashtirish majmuasiga kirib kelgan universitet jamoasi hamda yoshlar tongi badantarbiya mashg'ulotlarini bajardilar va sport turlari bo‘yicha turli chiqishlar namoyish etildi.