Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 344
  • Ko`rib chiqilganlar 307
    • Takliflar 50
    • Arizalar 259
    • Shikoyatlar 35
  • Ko`rib chiqilmoqda 37

FarDU professor-o‘qituvchilari Yelabuga institutida

09:24, 08.04.2024      

2024-yil hisobi bo'yicha FarDU o'qituvchilarining 2-guruhi xorijiy malaka oshirish kurslarida ishtirok etmoqdalar.

Ayni kunlarda universitetimizning 15 nafar professor-o'qituvchilaridan iborat guruh xalqaro QS reyting tizimida 396-oʻrinda turuvchi Qozon Federal universiteti Yelabuga institutida 144 soatlik malaka oshirish kursining offlayn dars jarayonlarida qatnashmoqdalar.

Xizmat safari davomida o'qituvchilar tomonidan:

Qabul qiluvchi universitet kafedralari, ilmiy markaz va laboratoriyalarining QS reyting tizimiga kirish, Scopus basazidagi jurnallarda maqola e’lon qilish, xalqaro grant loyihalarini tayyorlash va ta’lim sifatini oshirish borasidagi faoliyati bilan yaqindan tanishish hamda tashkiliy-boshqaruv mexanizmini oʻrganish;

Malaka oshirish kursi darslaridan boʻsh vaqtda qabul qiluvchi universitet kafedralarida oʻz mutaxassisliklari boʻyicha oʻquv (ma’ruza, amaliy, seminar-trening) mashgʻulotlari olib borish;

Qabul qiluvchi universitet olimlari bilan hammualliflikda joriy kalendar yili yakuniga qadar Scopus jurnallarida 1 ta maqola yoki malaka oshirish davrida orttirilgan tajribalar asosida ta’lim yoʻnalishlari uchun 1 ta oʻquv adabiyoti (yoki ilmiy-tadqiqot yoʻnalishi doirasida monografiya) nashr qilish;

Qozon Federal universiteti Yelabuga institutida FarDUning “Study at FerSU” akademik almashinuv hamda “Research at FerSU” stajirovka dasturlari targʻibotini amalga oshirish kabi vazifalarni amalga oshirish belgilab olingan.