Bugun Agrar qo‘shma fakultetida “Agrar sohani innovatsion rivojlantirishning hozirgi davr dolzarb masalalari: muammo va istiqboldagi zamonaviy yechimlar” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy anjuman bo‘lib o‘tdi.
Ushbu anjumanda Vengriya qishloq xo‘jaligi va hayot fanlari universiteti professorlari hamda Rossiya, Ukraina, Belarussiya, Shri-Lanka, Qozog‘iston kabi xorijiy davlatlardan olimlar, shuningek, Respublikamizda sohaning ko‘zga ko‘ringan tadqiqotchi olimlari o‘zlarining agrar sohadagi dolzarb masalalar bo‘yicha maruzalari bilan qatnashdilar.