Kitob insonni ma’naviy kamolotga yetkazadigan, ruhan tarbiya qiladigan, to‘g‘ri yo‘l ko‘rsatadigan va saodatga erishishida oltin pog‘ona bo‘ladigan eng to‘g‘ri vositadir. Ma’lumki, mamlakatimizda har yili aprel oyining birinchi haftasi kitobxonlik haftasi deb e’lon qilingan. Shu munosabat bilan Farg‘ona davlat universitetining Axborot-resurs markazida “Kitobxonlik haftaligi” tadbirlari bo‘lib o‘tdi. Mazkur tadbirlar doirasida “Uch avlod uchrashuvi”,“Yosh kitobxon ligasi” kabi bir qancha tadbirlar tashkil etilgan. Yakuniy tadbirda “Eng faol kitobxon ustoz”, “Eng faol kitobxon xodim”, “Eng faol kitobxon fakultet”, “Eng faol kitobxon talaba” nominatsiyalari bo‘yicha markazning eng faol kitobxonlari faxriy yorliq hamda sovg‘alar bilan taqdirlandi. Bunday tadbirlar o‘tkazilishi talaba-yoshlarning kitobga bo‘lgan qiziqishlarini oshirish va ilmga intilishlarini kuchaytirishda muhim ahamiyatga egadir.