Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 344
  • Ko`rib chiqilganlar 307
    • Takliflar 50
    • Arizalar 259
    • Shikoyatlar 35
  • Ko`rib chiqilmoqda 37

Xalqaro hamkorlik

14:06, 13.04.2024      

Ma'lumki, Farg'ona davlat universiteti TEXT4FUTURE loyihasi doirasida Erasmus➕grantini qo'lga kiritdi.

Endilikda bu loyiha asosida yengil sanoat, to'qimachilik va tikuvchilik yo'nalishida ilg'or tajribalarni ta'lim jarayoni hamda ishlab chiqarish korxonalariga tatbiq etish va to'qimachilik markazlarini tashkil etish rejalari belgilandi.

Xususan, loyiha rahbari hisoblangan Krit texnika universiteti tashabbusi bilan 2024-yilning 10-13-aprel kunlari Gretsiyaning Chania shahrida TEXT4FUTURE dasturini ishga tushurishga bag'ishlangan rasmiy tadbirlar bo'lib o'tmoqda.

Ayni kunlarda FarDU rektori Bahodirjon Shermuhammadov boshchiligidagi oliygoh delegatsiyasi mazkur uchrashuvlarda ishtirok etmoqda.