Buyuk sarkarda, ulkan Mavoraunnahr saltanati sultoni, yirik imperiya asoschisi Amir Temur tavalludining 688 yilligi yurtimizda keng nishonlanmoqda. Farg‘ona davlat universitetida ham shu munosabat bilan Amir Temur haftaligi tashkil etilgan. Haftalik doirasida Tarix fakulteti tomonidan “Amir Temur – adolat va g‘urur timsoli” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi.
Tadbirda fakultet professor-o'qituvchilari, tarixchi olimlar, yosh tadqiqotchilarning "Amir Temur va temuriylar davrida ta’lim tizimi", "Anqara jangi sodir bo‘lgan hudud borasida turkiyalik tadqiqotchilarning qarashlari" mavzularidagi muhim tarixiy faktlarga tayangan ma'ruzalari tinglandi.