2024-yil 11-aprel kuni Farg‘ona Davlat universiteti va Qirg‘izistonning Qirg‘iz-Turk Manas universiteti vakillarining birinchi uchrashuvi bо‘lib о‘tdi. Samarali hamkorlikka qaratilgan uchrashuvda Farg‘ona Davlat universiteti nomidan psixologiya kafedrasi professor-o‘qituvchilaridan kafedra professori, p.f.d. M.T.Isakova va PhD X.N. Djuxonovalar ishtirok etishdi. Farg‘ona Davlat universiteti va Qirg‘iz-Turk Manas universiteti о‘rtasida xalqaro hamkorlik tо‘g‘risida bitim imzolandi.
Tashkil etilgan uchrashuvlar davomida o‘zaro rejalashtirilgan hamkorlik, Farg’ona davlat universiteti preofessor-о‘qituvchilarining ma’ruzalari, madaniyatlararo qо‘shma tadqiqotlar va madaniyatlarni о‘rganish usullari, qо‘shma ilmiy maqolalar yozish muhokama qilindi.