Yurtimizda ommaviy sportga berilayotgan keng imkoniyatlar natijasida sroptning turli yo‘nalishlari sezilarli darajada rivojlandi, taraqqiy etdi. Jumladan, millionlar o‘yini bo‘lgan futbolga qiziqish kundan-kunga oshib bormoqda.
Quvonarlisi Fargʼona davlat universitetining "FarDU" futbol klubi 2024 yilgi mavsumdan boshlab professional futbol chempionati - Birinchi liga musobaqalarida ishtirok etadi. Kuni kecha "FarDU" sport majmuasi oʼyingohida mavsumning ilk ochilish uchrashuvi boʼlib oʼtdi. Shu kuni Sergey Lebedev bosh murabbiyligidagi "FarDU" futbol jamoamizga Birinchi liga chempionatining 1-turi doirasida Toshkentning "Chigʼatoy" klubi raqiblik qildi. O‘yin natijalariga ko‘ra, FarDU futbol jamoasi 3:0 hisobida g‘alaba qozondi.