Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 344
  • Ko`rib chiqilganlar 307
    • Takliflar 50
    • Arizalar 259
    • Shikoyatlar 35
  • Ko`rib chiqilmoqda 37

Universitet olimpiadasi

13:00, 24.04.2024      


O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 12-avgustdagi “Kimyo va biologiya yo‘nalishlarida uzluksiz ta’lim sifatini va ilm-fan natijadorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 4805-sonli qaroriga muvofiq Farg‘ona viloyatining umumta’lim maktablarida 11-sinf o‘quvchilari o'rtasida KIMYO va BIOLOGIYA fanidan ko‘p bosqichli “Universitet olimpiadasi” o‘tkazildi. Mazkur olimpiadaning tuman (shahar) bosqichi 2024-yil 21-aprel kuni Nizom talablari asosida bo‘lib o‘tdi. Olimpiadaning ahamiyatli jihati shundaki, Oliy ta'lim bosqichida 1,2,3-o‘rinlarni egallagan o‘quvchilar oliy ta’lim muassasasining mablag‘lari hisobidan o‘qishga qabul qilinadi! Fargʼona viloyatining umumtaʼlim maktablari bitiruvchi 11-sinf oʼquvchilari oʼrtasidagi koʼp bosqichli Fargʼona davlat universiteti olimpiadasi oʼtgan yilgi natijalariga koʼra, olimpiadada 6 nafar gʼolib tanlab olingan edi. Bu yil ham, gʼoliblarga FarDUda taʼlim olish imkoniyati – talabalik imtiyozi taqdim etilishi kutilmoqda.