Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 344
  • Ko`rib chiqilganlar 307
    • Takliflar 50
    • Arizalar 259
    • Shikoyatlar 35
  • Ko`rib chiqilmoqda 37

Хаlqаrо an'anaviy "Tasviriy va amaliy san'at festivali''

13:14, 24.04.2024      

San’at asrlar davomida insoniyatni o‘ziga ohangrabodek jalb qilib kelgan. U insonlarning quvonchi va kulfatida eng yaqin do‘st, maslahatgo‘y bo‘lgan. Madaniyat taraqqiyoti natijasida, xalqlar o‘rtasidagi madaniy, ma’naviy aloqalar rivojlanib borar ekan, san’atga bo‘lgan talab kundan-kunga oshib bormoqda.

Хаlqаrо an'anaviy "Tasviriyva amaliy san'at festivali'' doirasida Respublikamizning turli hududlarida san’at tadbirlari tashkil etilgan. Xususan, Farg‘ona davlat universitetining San’atshunoslik fakultetida Oʻzbekiston Badiiy Akademiyasi tomonidan tashkil etilgan xalqaro tasviriy va amaliy sanʼat festivalida Sanʼatshunoslik fakultetining iste’dodli talaba-yoshlari o‘z ijod namunalari bilan ishtirok etdilar. Bunda Tasviriy sanʼatkafedrasi oʻqituvchisi rangtasvirchi rassom - Ahadjon Aʼzamjonov ilmiy rahbarligidashogirdlari bilan birgalikda ishtirok etib, 1 ta oltin, 1 ta kumush va 1 ta bronza medallariga sazovor bo'ldilar. Shuningdek, 6 nafar talaba diplom va 10 nafari esa xalqaro sertifikat bilan taqdirlandilar.