Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 466
  • Ko`rib chiqilganlar 433
    • Takliflar 59
    • Arizalar 362
    • Shikoyatlar 45
  • Ko`rib chiqilmoqda 33

FarDUda psixologlar seminari

15:58, 26.04.2024      

Farg‘ona davlat universitetida oliy ta’lim muassasalarida faoliyat yuritayotgan psixologlar uchun “OILADAGI MUAMMOLAR VA ULARNING PSIXOLOGIK OQIBATLARI” mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy seminar bo‘lib o‘tdi. Unda mamlakatimizning deyarli barcha viloyatlari va Qoraqalpog‘iston respublikasidan jami 200ga yaqin amaliyotchi psixologlar ishtirok etdi. Seminarda oliy ta’lim muassasalarida ta’lim olayotgan talaba-yoshlarning psixologiyasi, qiziqishlari, jamiyat hayotiga, oila, ota-ona, atrofdagilarga munosabat masalasi, ular bilan muammoli holatlarni oldini olish, duch kelishi mumkin bo‘lgan qiyin vaziyatlarda to‘g‘riqaror qabul qila olishlari uchun yo‘naltirish, jamiyatda o‘z o‘rnini topib foydali shaxs bo‘lib yetishishlari uchun ko‘maklashish kabi qator masalalar muhokama qilindi.