Hozirgi davr o‘zbek milliy' adabiyotining ko‘zga ko‘ringan iste’dodli shoirlaridan biri Muhammad Yusufdir.U rostgo‘y shoir, halol va pokiza qalb egasi. Shuning uchun ham uning she’riyati butun ma’naviyatga to‘la, muhabbat haqida kuylaydimi, bevafo yor haqida qo‘shiq to‘qiydimi yoki tariximiz, taqdirimiz haqida kuylaydimi hamisha hayotga, haqiqatga hamnafaslik sezilib turadi. Uning she’rlari oddiy, ravon, soddaligi bilan xalq og’zaki ijodiga hamohang ko‘rinadi.
O'zbekiston xalq shoiri Muhammad Yusufning 70 yillik tavalludiga bag'ishlab Farg‘ona davlat universitetida fakultetlar doirasida turli tadbirlar o‘tkazildi. Xususan, Filologiya fakultetida “Vatan, kimligingni bilmay sevaman!..” mavzusidagi adabiy-badiiy kecha tashkil etildi. Shuningdek, Matematika-informatika fakultetida Muhammad Yusuf faoliyatiga bag‘ishlangan tadbir o'tkazildi. Tadbirda shoirning hayoti va ijodi, yozgan she'rlaridan namunalar o'qilib, hayot va ijod yoli haqida videorolik namoyish etildi. Shuningdek, shoirning she'ri asosidagi qo'shiqlarga raqslar ijro etildi.