Bugun Koreya Respublikasining Chungchongnam-do provinsiyasi gubernatori Ta Xeum Kim boshchiligidagi delegatsiya 2 kunlik amaliy tashrif bilan viloyatimizga keldi. Farg‘ona xalqaro aeroportida koreyalik mehmonlarni viloyat hokimining o‘rinbosarlari Nuriddin Mamajonov, Xurshidjon Ahmedov va boshqa rasmiylar tantanali kutib oldilar.Tashrif davomida bugun viloyat hokimi Xayrullo Bozorov bilan uchrashuv hamda Farg‘ona viloyati va Chungchongnam-do provinsiyasi o‘rtasida do‘stlik va hamkorlik to‘g‘risidagi anglashuv memorandumi imzolanishi rejalashtirilgan.
Viloyat teatr va konsert saroyida Chungchongnam-do viloyati gubernatoriga Farg‘ona davlat universiteti faxriy doktorlik unvonini berish marosimi hamda ikki hudud san’at sohasi vakillari ishtirokida konsert dasturi o‘tkaziladi. Farg‘ona viloyati va Koreya Respublikasi o‘rtasida hamkorlik aloqalari yanada kengayadi.
Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov Koreya Respublikasining Chungchongnam-do provinsiyasi gubernatori Ta Xeum Kim boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi.
Uchrashuv davomida Farg‘ona viloyati va Chungchongnam-do provinsiyasi o‘rtasida do‘stlik va hamkorlik to‘g‘risidagi anglashuv memorandumi imzolandi.