Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 344
  • Ko`rib chiqilganlar 307
    • Takliflar 50
    • Arizalar 259
    • Shikoyatlar 35
  • Ko`rib chiqilmoqda 37

Xitoy Fanlar akademiyasi Paleontalogiya va paleoantrologiya instituti direktori Deng Tao boshchiligidagi delegatsiya - FarDUda

12:25, 07.05.2024      


Quvonarlisi, o'zaro muloqotlarda ilmiy hamkorlik borasida FarDU talabalariga xitoy tilini o'rganish talabi qo'yilmasligi ma'lum qilindi. Bunda tadqiqot ishlarini olib borishda muloqot tili sifatida ingliz tili amal qilishi mumkinligi bildirildi. Shuningdek, kelishuvlar rejasida FarDUda laboratoriya tashkil etish loyihasi ilgari surildi, mazkur laboratoriya asosan qadimgi iqlim va tabiiy muhitni tiklash bo'yicha ish olib borishi aytildi. Shu kuni delegatsiya a'zolari Tarix fakulteti talaba-yoshlari bilan uchrashib, master-klass mashg'ulotlarini ham olib bordilar. Xitoy Fanlar akademiyasi Paleontalogiya va paleoantrologiya instituti direktori Deng Tao boshchiligidagi delegatsiya FarDUga tashrif buyurdi. Oliygoh bilan mustahkam hamkorlik aloqalarini olib borayotgan ushbu institutning Laboratoriya direktori Li Xiaoqiang, Loyihalar va ilmiy tadqiqotlar bo'lim boshlig'i Zhang Yi ham delegatsiya tarkibida uchrashuvda ishtirok etdilar. Rektor Bahodirjon Shermuhammadov mehmonlarni samimiyat bilan qabul qilar ekan, FarDU hamda Paleontalogiya va paleoantrologiya instituti o'rtasidagi ilmiy hamkorlik, kadrlar tayyorlash, shuningdek, ilmiy Loyihalarni qo'llab-quvvatlash, amaliyot masalalarida o'zaro suhbat olib bordi.