Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 344
  • Ko`rib chiqilganlar 307
    • Takliflar 50
    • Arizalar 259
    • Shikoyatlar 35
  • Ko`rib chiqilmoqda 37

Koreya Respublikasining Chungchongnam-do provinsiyasi gubernatori Kim Tae Xeumga faxriy professori unvoni berildi.

12:50, 07.05.2024      

Viloyatimizda mehmon bo‘lib turgan Koreya Respublikasining Chungchongnam-do provinsiyasi gubernatori Kim Tae Xeum boshchiligidagi delegatsiya vakillari uchun viloyat teatr va konsert saroyida konsert dasturi ham tashkil etildi. Mazkur tadbirda so‘z olgan viloyat hokimi Xayrullo Bozorov Farg‘ona viloyati va Koreyaning Chungchongnam-do provinsiyasi o‘rtasida hamkorlik aloqalari yangi bosqichga ko‘tarilayotganligini qayd etib, Kim Tae Xeumga va delegatsiya a’zolariga tashrif uchun minnatdorchilik bildirdi. QuvonarlisiFarg‘ona davlat universiteti rektori Bahodirjon Shermuhammadov Chungchongnam-do provinsiyasi gubernatori Kim Tae Xeumga universitet faxriy professori ilmiy unvonini taqdim qildi. Kim Tae Xeum ushbu e’tirof uchun cheksiz minnatdorligini izhor qilib, Farg‘ona davlat universiteti faxriy professori sifatida farg‘onalik talabalarning Koreyada ta’lim olish imkoniyatlarini kengaytirish uchun harakat qilishga va’da berdi.