Mamlakatimizda yoshlar ta’lim –tarbiyasiga berilayotgan imkoniyatlar kundan-kunga kengayib bermoqda.Xususan, oliy ta’limda iqtidorli talabalarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida tashkil etilayotgan ko‘plab tadbirlar va ko‘rik-tanlovlar kelgusida yoshlarni o‘z kasbining ustasi, haqiqiy mutaxassislar bo‘lib yetishishlari uchun alohida ahamiyatga ega. So‘nggi yillarda Farg‘ona davlat universitetidagi talaba-yoshlar bunday tanlovlarga kengroq jalb etilmoqda. Kuni kecha oliygohning Pedagogika nazariyasi va tarixi yo'nalishi magistranti Saydaxmatova Mohtobaxon “Mirzo Ulug‘bek vorislari” ko‘rik-tanlovining viloyat bosqichi g‘olibasi bo'ldi. Talabalarning erishayotgan yutuqlari ortida, albatta, universitet jamoasi, professor-o‘qituvchilarning, ustozlarning mashaqqatli mehnatlariyotadi.