Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 344
  • Ko`rib chiqilganlar 307
    • Takliflar 50
    • Arizalar 259
    • Shikoyatlar 35
  • Ko`rib chiqilmoqda 37

“Xotira va qadrlash kuni”

15:41, 08.05.2024      


Xotira inson uchun hamisha muqaddasdir. Mamlakatimizda har yili 9-may sanasi xotira va qadrlash kuni sifatida keng nishonlanib kelinadi. Farg‘ona davlat universitetida ham may oyining birinchi haftasi xotira kuniga bag‘ishlangan tadbirlar xaftaligi bo‘lib o‘tdi. Xususan, Fizika-texnika fakulteti talabalari 9 may - “Xotira va qadrlash kuni” bayrami arafasida O‘zbekiston "Veteran" jangchilar faxriy va nogironlari birlashmasi a’zosi, afg‘on urushi qatnashchisi -Inomjon ota Ismoilov xonadonida bo‘ldilar. Shu bilan birga fakultet talaba-yoshlari ishtirokida 9 - may - “Xotira va qadrlash kuni” bayram tadbirlari, “Nomingiz dillarda mangu yashaydi” mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi. Davra suhbatida fakultet dekani S.Zaynolobidinova fakultet tarixi, ko‘p yillar faoliyat olib borgan faxriy professorlar hayot va ijod yo‘llari, erishgan yutuqlari to‘g‘risida batafsil ma'lumotlar berdi.

Tabiiy fanlar fakulteti tomonidan "Uch avlod uchrashuvi" tashkil etildi. 9-may-Xotira va qadrlash kuni bayram tadbirlari doirasida Agrar qo'shma fakulteti jamoasi tomonidan qishloq xo‘jaligi sohasida fidokoronafaoliyat olib borayotgan Farg‘ona davlat universiteti faxriy professori Mastura opa Sayfuddinova holidan xabar olindi. Chet tillari fakulteti talabalari 9-may Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan "Vatanparvarlar bog'i"ga sayohat qildilar. Shuningdek, Harbiy ta'lim fakultеti talabalari tomonidan "Vatan" nomli spektakl namoyish etildi.

Insonlardagi jasorat, mardlik, vatanparvarlik kabi fazilatlarni rangtasvir, grafika va haykaltaroshlik asarlari yordamida tarannum etish maqsadida San'atshunoslik fakultetida "Ikkinchi jahon urushi xotiralarda" deb nomlanuvchi ijodiy ishlar ko‘rik-tanlovi tashkil etildi. Xotira va qadrlash tadbirlari doiasida Agrar qo'shma fakultetida va Sirtqi ta’lim bo‘limlarida ham "Uch avlod uchrashuvi" bo'lib o'tdi.