Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 466
  • Ko`rib chiqilganlar 433
    • Takliflar 59
    • Arizalar 362
    • Shikoyatlar 45
  • Ko`rib chiqilmoqda 33

OʻZBEKISTON-VENGRIYA BIZNES FORUMI: SAVDO VA SARMOYA RIVOJI

15:57, 08.05.2024      

Toshkent shahrida Iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha O‘zbekiston-Vengriya Hukumatlararo komissiyasining 9-majlisi doirasida O‘zbekiston-Vengriya biznes-forumi bo‘lib o‘tdi.

Ochilish marosimida O‘zbekiston Respublikasi investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri Laziz Kudratov hamda Vengriya tashqi ishlar va savdo vaziri Peter Siyarto ishtirok etdi. Ikki mamlakat delegatsiyalari rahbarlari uzoq muddatli munosabatlarni yanada mustahkamlash va ikki mamlakat ishbilarmon doiralarini har tomonlama qo‘llab-quvvatlashga qat’iy tayyorligini bildirdilar.

Biznes forumda ishtirok etgan Farg’ona davlat universiteti rektori Bahodirjon Shermuhammadov va Vengriyaning MATE - Qishloq xo’jaligi va hayot fanlari universiteti rektori Csaba Gyuritsa o’rtasida talabalar almashinuvlari va muhim masalalarda kelishuvlarga erishildi.

Shuningdek, MATE Xalqaro aloqalar direktorati raisi Devid Bekesi va FDU xalqaro aloqalar bo’limi o’rtasida aloqalar mustahkamlandi.