Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 344
  • Ko`rib chiqilganlar 307
    • Takliflar 50
    • Arizalar 259
    • Shikoyatlar 35
  • Ko`rib chiqilmoqda 37

FarDU REKTORI TARIX FAKULTETI JAMOASI BILAN UCHRASHDI

06:51, 12.05.2024      


Oliygoh rektori Bahodirjon Shermuhammadov raisligida olib borilgan mazkur yig'ilishda fakultet jamoasi, professor-o'qituvchilar, fan doktorlari, ilmiy yo'nalish bo'yicha mas'ul mutasaddilar ishtirok etdilar.

Tahliliy uchrashuvda ilmiy salohiyatni oshirish borasida kafedralarda olib borilayotgan ishlar natijadorligi atroflicha muhokama etildi.

Bunda jamoaning ilmiy salohiyati, jahonning nufuzli Scopus bazasiga oid ilmiy jurnallarda maqolalar e'lon qilish, iqtiboslik ko‘rsatkichlarini oshirish, dissertatsiyalar, chop etilayotgan monografiyalar, maqolalar ko'lami, yoshlarni ilmiy faoliyatga jalb etish va boshqa muhim masalalar ishtirokchilar e'tiborida bo'ldi.

O'zaro muloqot qismida har bir professor-o'qituvchi oldidagi burch va vazifalar, oliy ta'lim dargohida ishlash mas'uliyati ta'kidlandi hamda zarur yechimlar, kelgusi rejalar belgilandi.