Davlatimizda iqtidorli talabalarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida tashkil etilayotgan turli tanlovlar yoshlarni ruhlantirish, yanada intiluvchan, izlanuvchan bo‘lishlari uchun ahamiyatli hisoblanadi. Xususan, Farg‘ona davlat universitetining iqtidorli talabalari bilim va malakalarini oshirish maqsadida turli yo‘nalishlar bo‘yicha ishtirok etayotgan tanlovlar g‘olibiga aylanmoqdalar. Jumladan,Tabiiy fanlar fakultetining biologiya yo'nalishi 1-bosqich talabasi Gulsanam Nematova sportning para yengil atletika turi bo'yicha kattalar o'rtasida o'tkazilgan O'zbekiston chempionatida faxrli 1-o'rinni egalladi! Shuningdek, Tabiiy fanlar fakultetining biologiya yo'nalishi 4-bosqich talabasi Gulasalxon Aminjonova“Mirzo Ulug‘bek vorislari” ko‘rik-tanlovining viloyat bosqichi g‘olibasi bo'ldi! Bu kabi talabalar ustozlar va oliygoh yuzini yorug‘ qilib, kelgusida baland marralarni zabt etishlari shubhasiz.