Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 466
  • Ko`rib chiqilganlar 433
    • Takliflar 59
    • Arizalar 362
    • Shikoyatlar 45
  • Ko`rib chiqilmoqda 33

FIZIKA-TEXNIKA FAKULTETI ILMIY FAOLIYATI - REKTOR NIGOHIDA

15:39, 13.05.2024      

Bugun Bahodirjon Shermuhammadov raisligida bo'lib o'tgan yig'ilishda Fizika-texnika fakulteti professor-o'qituvchilarining ilmiy faoliyati o'rganildi. Dastlab universitet rahbari muloqotda Xitoy ilmiy tajribasi misolida faoliyatda tezkorlik, innovatorlik, millatga, mamlakatga, ta'limga sadoqat, jonkuyarlik fazilatlari zarur ekanini aytar ekan, barchani o'z ishiga vijdonan, diyonat bilan yondoshishini ta'kidladi. Yig'ilishda ilmiy salohiyatni oshirish borasida kafedralarda olib borilayotgan ishlar natijadorligi chuqur muhokama etildi. Bunda Scopus bazasiga oid ilmiy jurnallarda, xalqaro jurnallarda maqolalar e'lon qilish, chop etilayotgan monografiyalar ko'lami va boshqa muhim masalalar tanqidiy tahlil etildi.