Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 344
  • Ko`rib chiqilganlar 307
    • Takliflar 50
    • Arizalar 259
    • Shikoyatlar 35
  • Ko`rib chiqilmoqda 37

FarDU REKTORINING NAVBATDAGI O'RGANISHI - MATEMATIKA-INFORMATIKA FAKULTETIDA

08:26, 15.05.2024      

Bugun FarDU rektori Bahodirjon Shermuhammadov Matematika-informatika fakulteti jamoasi bilan uchrashib, joriy yil davomida kafedralarda amalga oshirilgan ilmiy, innovatsion va xalqaro faoliyatni atroflicha tahlil qildi. Kun tartibida bo'lgan asosiy masala - kafedra a'zolarining ilmiy salohiyatini yanada oshirish, yosh matematik-pedagoglar faoliyatini kuchaytirish va shu orqali universitet ta'lim sifatini dunyoda yetakchi bo'lgan xalqaro reytinglarda namoyon etishga erishish vazifalari professor-o'qituvchilar nigohida bo'ldi. Bu borada oliygoh rahbari jamoaga zarur tavsiyalar berar ekan, matematik olim, professor, O‘zbekiston Fanlar Akademiyasi akademigi- Ayupov Shavkat Abdullayevich bilan muntazam aloqalar olib borish zarurligi, uchrashuvlar, master-klass darslarini tashkil etish kerakligini alohida ta'kidlab o'tdi.