Oliy ta’limda olib borilayotgan islohotlar doirasida xalqaro hamkorliklarning rivojlanishi, professor-o‘qituvchilar orasidagi akademik almashinuvlar ta’lim sifatini oshirish va ilmiy salohiyatni ko‘tarishda muhim ahamiyatga egadir. 2023-2024-o‘quv yili rejasiga muvofiq Ural davlat pedagogika universitetining Psixologiya instituti direktori, p.f.n., dotsent- L.A.Maksimova FarDUga tashrif buyurdi. Tashrif davomida13-16-may kunlari amaliy psixologiya yo‘nalishi 2-bosqich talabalari uchun “Psixodiagnostika” fanidan ma’ruza mashg‘ulotlarini o‘tkazish, Psixologiya kafedrasi professor-o‘qituvchilari bilan hamkorlikda Scopus bazasidagi jurnallarda maqola e’lon qilish bo‘yicha o’quv seminar tashkil etish, Pedagogika va psixologiya fakultetining yangi o’quv binosida yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishish vazifalari rejalashtirilgan.