Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 344
  • Ko`rib chiqilganlar 307
    • Takliflar 50
    • Arizalar 259
    • Shikoyatlar 35
  • Ko`rib chiqilmoqda 37

ADLIYA VAZIRI - FARG'ONA DAVLAT UNIVERSITETIDA

15:12, 15.05.2024      

Adliya tizimi huquq-targ‘ibot organi hisoblanib, mazkur soha vakillari turli davlat tashkilotlari, aholi orasida huquqiy savodxonlik, huquqiy madaniyatni oshirish borasidagi vazifalarni amalga oshirib boradi. Bugun O'zbekiston Respublikasi Adliya vaziri Tashkulov Akbar Djurabayevich bugun Farg'ona davlat universitetiga tashrif buyurdi va ayni paytda oliygohning anjumanlar zalida talabalar, huquqshunoslik texnikumi o'quvchilari ishtirokida "Vazir va yoshlar" uchrashuvi bo'lib o'tdi.

Uchrashuvni olib borgan universitet rektori Bahodirjon Shermuhammadov huquqiy-demokratik davlat va adolatli fuqarolik jamiyati qurish jarayonida, birinchi navbatda, yagona davlat huquqiy siyosatini, jumladan huquq ijodkorligi faoliyatini sifatli tashkil etishda adliya organlarining muhim roli xususida gapirib, ushbu tadbirni tarixiy jarayon sifatida baholadi. Adliya vaziri yoshlar bilan muloqotga kirishar ekan, bugun shiddat bilan rivojlanayotgan davrda yuridik soha va uning ta'lim texnologiyasi kuchayib borayotgani, tizimda raqobatbardosh kadrlar yetishib chiqayotgani, faqatgina nazariy bilim emas, amaliyot ham zarurligini ta'kidlab o'tdi. Shuningdek, Vazir universitetda Adliya klublari, prokurorlar, advokatlar, sudyalar klublarini tashkil etish, forumlar, konferensiyalar, huquqiy tanlovlar o'tkazish bo'yicha o'z takliflarini bildirdi. Eng quvonarlisi esa mazkur klublarning faol a'zolari to'g'ridan- to'g'ri ishga qabul qilinishi ma'lum qilindi. Suhbat jarayonida yoshlar o'zlarini qiziqtirgan barcha savollarga batafsil javob oldilar. Uchrashuv yakunida "Vazir va yoshlar" muloqotida o'z faolligi bilan tengdoshlariga namuna bo'lgan talabalar Akbar Djurabayevich tomonidan munosib taqdirlandilar. Shuningdek, bugungi mazmunli uchrashuvni tashkil etgan va yoshlar uchun yuridik tizimda muhim ahamiyatga ega manfaatli tavsiyalar ulashgan Adliya vaziriga universitet rektori talabalar nomidan esdalik sovg'asini taqdim etdi. Shuningdek, bugungi mazmunli uchrashuvni tashkil etgan va yoshlar uchun yuridik tizimda muhim ahamiyatga ega manfaatli tavsiyalar ulashgan Adliya vaziriga universitet rektori talabalar nomidan esdalik sovg'asini taqdim etdi. Shu kuni FarDUning "Qatag'on qurbonlari" tarixiy xotira muzeyi ham mehmonlar nigohida bo'ldi.