Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 344
  • Ko`rib chiqilganlar 307
    • Takliflar 50
    • Arizalar 259
    • Shikoyatlar 35
  • Ko`rib chiqilmoqda 37

FarDUda Talaba bahori

15:15, 16.05.2024      

Universitetda an’anaga aylangan va talabalarimizning sevimli tadbiri bo‘lgan "Talaba bahori" festivalining 2024-yilgi mavsumi bo‘lib o‘tmoqda. Joriy yilning 6-may sanasidan boshlab fakultetlar jamoalari o‘z chiqishlarini boshladilar.

Bunda oliygohdagi barcha fakultetlarning iqtidorli talabalari faol ishtirok etmoqdalar. Xususan, kuni kecha Jismoniy madaniyat fakultetining "Chempionlar" jamoasi ishtirokida "Talaba bahori" yoshlar festivali bo'lib o'tdi.

Tadbir davomida talabalar tomonidan tayyorlangan dastur hakamlar hay'ati tomonidan odilona baholab borildi.

Shuningdek, universitetning amaldagi g'olibi – Tarix fakultetining "Temuriylar" jamoasi bugun o'z chiqishlarini "Talabalar bahori" yoshlar festivalida namoyon etdilar. Pedagogika va psixologiya fakultetining “PEDAGOGLAR” yoshlar jamoasi tomonidan ham “Talaba bahori” festivali chiqishlari namoyish etildi.

Filologiya fakultetining an'anaviy "Talaba bahori" yoshlar fesivali o'tkazildi. Mazkur festivalda fakultetning iste'dodli, jamoatchi, faol talaba-yoshlari jamoasi ishtirok etdilar. Bunda yoshlar turli shartlar, dolzarb mavzular bo'yicha o'z chiqishlarini taqdim etdilar.

Festivalda 1-o‘rinni olgan jamoaning har bir ishtirokchisi 1 million so‘m,

2-o‘rinni olgan jamoaning har bir ishtirokchisi 700 ming so‘m,

3-o‘rinni olgan jamoaning har bir ishtirokchisi 500 ming so‘m pul mukofoti bilan rag‘batlantiriladi.

Bundan tashqari mazkur fakultet rahbariyati ham qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlanadi. Eng muhimi, g‘olib bo‘lgan fakultetlar quyidagi tartibda esdalik sovg‘alari bilan rag‘batlantiriladi:

1-o‘rin – ovoz kuchaytirgich apparati jamlanmasi;

2-o‘rin – ikki komplekt o‘zini o‘zi boshqaruvchi kolonka (karaoke);

3-o‘rin – bir komplekt o‘zini o‘zi boshqaruvchi kolonka (karaoke).

Bu kabi tadbirlar Iqtisodiyot fakultetida ham "Talaba bahori-2024" yoshlar festivali nomi bilan tashkil etildi. Festivalda jamoalar 4 ta shart yuzasidan o'zaro bellashdilar: Tadbir davomida talabalar tomonidan tayyorlangan dastur hakamlar hay'ati tomonidan odilona baholab borildi.

Fizika texnika fakultetida an'anaviy "Talaba bahori" yoshlar festivali o'tkazildi. Mazkur festivalda fakultetning iste'dodli, jamoatchi, faol talaba-yoshlaridan tashkil topgan "Ixtirochi yoshlar” jamoasi ishtirok etdi. Tanlovda ishtirokchilar 4 ta shart yuzasidan o'z chiqishlarini taqdim etdilar.

Shuningdek, Jismoniy madaniyat fakultetining "Chempionlar" jamoasi ishtirokida "Talaba bahori" yoshlar festivali bo'lib o'tdi. Tadbir davomida talabalar tomonidan tayyorlangan dastur 4 ta shart asosida hakamlar hay'ati tomonidan odilona baholab borildi. Oliygoh bo‘ylab “Talaba bahori” tadbirlari davom etmoqda.